Jahon | 17:39 / 07.08.2016
4891
1 daqiqa o‘qiladi
Pokiston janubida kuchli jala oqibatida 20dan ziyod kishi halok bo‘ldi
Pokiston janubidagi Sind muzofotida kuchli jala oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
Muzofotda kuchli jala juma kuni tunda boshlangan edi. Mahalliy hukumat bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi tok urishi va Karachi shahridagi ma'muriy markaz binosining tomi ko‘chishi oqibatida jon bergan. Badin, Mitxi va Tatta shaharlarida ham o‘lim holati qayd etilgan.
Jala tufayli yo‘llar suv bilan to‘lgan va elektr energiyasi o‘chib qolgan. Karachida yirik tirbandliklar yuzaga kelgan.
Sinoptiklarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin uch kun ichida jalali havo saqlanib qoladi.