Sport | 07:02 / 07.08.2016
7477
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik dzyudochi Mudranov Rossiyaga birinchi oltin medalni keltirdi

Rossiyalik dzyudochi Beslan Mudranov Olimpiadada Rossiya terma jamoasiga birinchi oltin medalni keltirdi. Mudranov 60 kg gacha vazn toifasi finalida qozog‘istonlik Yeldos Smetovdan ustun keldi. Bronza medallarini yaponiyalik Naoxise Takato va hamyurtimiz Diyorbek O‘rozboyev qo‘lga kiritdilar.

30 yoshli Mudranov 2014 yilgi jahon chempionatida kumush medal sohibi, ikki marotaba Yevropa chempioni (2012 va 2014 yillar), Bokudagi Yevropa o‘yinlarining oltin medal sohibi bo‘lgan. 

Beslan Mudranov 1986 yilda Kabardino-Balkariyada tug‘ilgan. Sportga 13 yoshida kelgan. U dastlab kurash bilan, keyin esa sambo bilan shug‘ullana boshlagan. 2007 yilda sambo bo‘yicha 52 kg gacha vazn toifasida jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgan. So‘ngra 2008 yilda dzyudoga o‘tib, Rossiya chempioni bo‘lgan.