Sport | 07:55 / 07.08.2016
5175
1 daqiqa o‘qiladi
Vetnamlik mergan o‘z vataniga tarixdagi birinchi Olimpiya oltin medalini keltirdi
Vetnamlik mergan Xoang Suan Vin Olimpiadada pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan otish musobaqasida 202,5 ochko to‘plab, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Kumush medalni braziliyalik Felipe Almeyda Vu (202,1), 3-o‘rinni xitoylik Pan Vey (180,4) qo‘lga kiritdi.
Vinning g‘alabasi Vetnamga uning tarixidagi birinchi Olimpiya oltin medalini keltirdi. Avvalroq vetnamlik sportchilar txekvodndo (2000) va og‘ir atletikada (2008) kumush medallar sohiblari bo‘lganlar.