Jahon | 18:21 / 08.08.2016
3774
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa 400 nafar maxsus askarlarini yuboradi

Foto: © AFP

AQSh Qurolli kuchlari Iroqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarini yuboradi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.

Xabarda ta'kidlanishicha, Iroqqa Fort Kempbell harbiy bazasining ikkinchi bo‘linma jangovar guruhining 400 nafar maxsus harbiy xizmatchilari safarbar etilgan. 

Amerika Qurolli kuchlari allaqachon shu yilning bahorida Iroqqa 1,3 ming kishilik qo‘shimcha kuchlarini yuborgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish