Jahon | 11:29 / 08.08.2016
19327
1 daqiqa o‘qiladi

"Al-Jazira" jurnalistining jonli efirida tank portladi

Telekanal rahbariyatining ta'kidlashicha, tasvirga olish guruhi jiddiy bo‘lmagan jarohatlar olgan. 

Qatarning "Al-Jazira" telekanali jurnalisti Milad Fadil jonli efir chog‘ida halok bo‘lishiga bir bahya qoldi. Gap shundaki, reportyor Suriyaning Halab shahrida tank fonida efirga chiqqan vaqtda, jangovar texnikaga snaryad kelib tushgan. 

Milad Fadil va uning hamkasbi, teleoperator Muhammad Xayr Alhaqlarga jiddiy jarohat yetmagan. Biroq, ular voqeadan so‘ng davom etgan ayovsiz otishma sabab, hududni tark eta olishmagan va 7 soat maxsus boshpanada jon saqlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish