Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gollandiyalik velopoygachi Riodagi trassada jarohat oldi
Gollandiyalik ayol velopoygachi Annemiyek van Fleuten Riodagi Olimpiya trassasidagi to‘qnashuv oqibatida miya-bosh chanog‘i shikasti va umurtqasining uchta joyidan sinish jarohati oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli sportchi g‘alaba uchun amerikalik velopoygachi bilan kurash olib borayotgan edi, biroq marraga 9 km qolganda kurashdan chiqib ketgan. Bunga velopoygachining burilishlardan birida velosipedni boshqara olmay qolib, yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgani sabab bo‘lgan.
Yaqin kunlarda gollandiyalik sportchi jarohatlarining og‘irligini bilish va tiklanish rejasini tuzish maqsadida unda qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkaziladi. Poygadan bir kun avval shu burilishda yana bir ayol poygachi – italiyalik Vinchentso Nibali ham jarohat olgandi. Oqibatda sportchining ikkala o‘mrov suyagi ham singan.

