Sport | 00:48 / 08.08.2016
6446
1 daqiqa o‘qiladi

Rishod Sobirov bronza medali uchun yana bir qadam yaqinlashdi

Olimpiadaning dzyudo sport turi bo‘yicha 66 kg gacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Rishod Sobirov bronza medal uchun o‘tish bahsida g‘alaba qozondi.

Sobirov dominikanlik Vander Mateoga qarshi bellashuvda "ippon" bilan g‘alaba qozondi. Dastlabki ikki daqiqa ichida hakam Sobirovni 2 marta "shido" bilan ogohlantirdi. Shundan keyin Rishod raqibni belidan oshirib gilamga otib, ippon bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi 

Endi Rishod Sobirov bronza medali uchun Fabio Basile (Italiya) / Adrian Gomboch (Slovakiya) juftligida mag‘lub bo‘lgan Gomboch bilan bellashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish