Jahon | 00:57 / 09.08.2016
6288
1 daqiqa o‘qiladi

Bokuda aviatsiya zavodi ochiladi

Foto: © RIA

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin Ozarbayjon poytaxti Bokuda aviatsiya zavodi va vertolyot texnikasini modernizatsiyalash markazi ochilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Ozarbayjonda Rossiyada ishlab chiqilgan samolyotlar, ularni yig‘ish uchun agregatlarning yetkazib berilishiga katta qiziqish bor. Bokuda samolyotlar yig‘uvchi aviatsiya zavodi ochiladi", deb aytdi Rogozin.

Avvalroq Rogozin Rossiya Ozarbayjon va Eronga arzon, sifatli qurol eksportchisi sifatida qiziq ekanligini ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish