Jahon | 15:17 / 09.08.2016
2727
1 daqiqa o‘qiladi

BP Xitoyda joylashgan neftkimyo zavodidagi ulushini sotadi

Foto: AP

Britaniyaning neftegaz kompaniyasi bo‘lmish BP Xitoyda joylashgan SECCO kompaniyasidagi 50 foizini sotish uchun xaridor qidirmoqda. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbaga asoslanib, “Reyter” agentligi xabar bermoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, BP bo‘lajak sotuv uchun investitsion bank yollagan. Sotuv 2 yoki 3 milliard dollar atrofida kechishi kutilmoqda.
SECCO 2001 yilda tashkil topgan va BP’ning Xitoydagi Sinopec korparatsiyasi bilan hamkorlikdagi bo‘limi hisoblanadi, deb ma'lum qilmoqda agentlik.
BP matbuot xizmati voqea yuzasidan izoh bermagan, shuningdek, Sinopec vakillari ham shu yo‘lni tutishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish