Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Rossiya va Turkiya hamkorligi mintaqadagi ko‘plab muammolarni hal etadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rossiyaliklar rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtida shuni ma'lum qildiki, ikki mamlakat hamkorligi mintaqadagi ko‘plab muammoalarni ijobiy hal qilishga yordam berishi mumkin.
"Mintaqada ko‘plab siyosiy masalalar sizning nuqtai nazaringizga bog‘liq. Men ishonamanki, bizning hamkorligimiz mintaqadagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi", — degan Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv vaqtida.
Ayni soatlarda Sankt-Peterburgda Putin va Erdo‘g‘anning 2015 yilning noyabrida Rossiya qiruvchi samolyotining turk harbiylari urib tushirishi ortida Rossiya-Turkiya munosabatlari sovib ketganidan keyingi ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.