Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik sayyoh o‘zi xohlamay Germaniyadan boshpana so‘radi
Germaniya bo‘ylab sayohat qilayotgan xitoylik xatoga yo‘l qo‘yib, mamlakatdan boshpana so‘radi, deb xabar qilmoqda BBC News.
Ismi oshkor qilinmayotgan 31 yoshli sayyoh Shtutgart politsiyasiga qopchig‘ini yo‘qotib qo‘yganini ma'lum qilmoqchi bo‘lgan, ammo ingliz va nemis tillarini bilmagani sabab, muhojir sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan so‘ng, uning barmoq izlari olingan hamda Shengen vizasi urilgan pasporti olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishgan. Zaruriy amaliyotlardan so‘ng, u Dortmunddagi muhojirlar uyiga yuborilgan.
Xitoylik, uni taomlantirib, unga mayda xarajatlari uchun mablag‘ berib turishgan boshpanada salkam ikki hafta yashagan. Ushbu muddat oxirlarida, Qizil Xoch xodimi Kristof Shlyuterman (Christoph Schluetermann) boshqa muhojirlardan farq qiluvchiga e'tiborini qaratgan. U, sayyoh bilan o‘tkazgan muloqotidan, xitoylik Italiya va Fransiyaga ham borishni xohlayotganini tushungan.
Sayyoh shaxsini aniqlash bo‘yicha bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, boshpana taqdim etish so‘rovi rad etilib, unga pasporti qaytarib berilgan va u o‘z sayohatini davom ettirgan.