Jamiyat | 18:18 / 09.08.2016
3130
1 daqiqa o‘qiladi

Keniya elektron firibgarlik qilgan 40 jinoyatchini XXRga ekstraditsiya qildi 

Keniya hukumati elektron firibgarlik va telekommunikatsiya sohasida boshqa jinoyatlar qilgan 40 nafar jinoyatchini Xitoyga ekstraditsiya qildi. Xitoy xalqaro radiosining ma'lum qilishicha, xorijdagi ushbu jinoiy guruh firibgarlik qilib, pul yuvish bilan shug‘ullangan. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilarning 35 nafari XXR fuqarosi hisoblanadi. Qolgan besh nafari esa Tayvandan kelganlardir. Ma'lumotda qayd etilishicha, ular 50dan ziyod jinoiy ish qilgan. Jinoiy to‘da keltirgan moddiy zarar 4 mln yuanni (601 ming dollar atrofida) tashkil etadi.

Joriy yilning aprel oyida Keniya rasmiy Pekin talabi bilan 45 tayvandlikni ekstraditsiya qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish