Sport | 11:56 / 09.08.2016
6666
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» 4 nafar futbolchisini sotadi

«Manchester Siti» jamoasi yozgi transfer mavsumi davomida kamida 4 nafar futbolchisini sotishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan

Klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachilar Samir Nasri, Xesus Navas, hujumchi Vilfrid Boni va himoyachi Eliakim Mangalyaning xizmatiga ehtiyoj sezmayapti.

 

Xabarlarga ko‘ra, Nasriga «Inter», «Roma» va «Milan» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar jamoasi yozgi transferlarda to‘rtta jiddiy xaridni amalga oshirdi. «Selta»dan Nolito (13,8 mln funt), «Borussiya»dan Gundo‘g‘an (21 mln funt), «Shalke»dan Leroy Sane (37 mln funt) va «Palmeyras»dan Gabriel Jyezus sotib olindi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish