Jamiyat | 11:03 / 09.08.2016
8343
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Kolorado shtatida uch opa-singil cho‘kib ketdi

AQShning Kolorado shtati janubida joylashgan Pueblo-Grande qishlog‘ida ayanchli fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda AP agentligi. Bu yerda, basseynda 3 nafar opa-singil cho‘kib ketgan. Ular, 3, 5 va 17 yosh bo‘lgan.

Mahalliy politsiya mahkamasi voqeani baxtsiz hodisa sifatida tasniflagan. Bu yerda, qasddan o‘zini o‘ldirish va qotillik sodir etish alomatlari kuzatilmagan. 

"Bu mudhish fojia xolos", - degan politsiya kapitani Jo Garsiya. 

Pueblo-Grande qishlog‘i g‘ildirakli (mashina) uylardan tashkil topgan bo‘lib, Denver shahridan 169 km uzoqlikda joylashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish