Jahon | 17:09 / 09.08.2016
9687
2 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi

© AP Photo

Sankt-Peterburgdagi Konstantin saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Rossiya prezidenti Turkiya yetakchisi bilan qo‘l siqishib ko‘rishib, uni muzokara stoliga taklif etgan.

Qayd etish kerakki, Putin va Erdo‘g‘anning 2015 yilning noyabrida Rossiya qiruvchi samolyotining turk harbiylari urib tushirishi ortida Rossiya-Turkiya munosabatlari sovib ketganidan keyin ilk marta uchrashdi.

Tor doiradagi uchrashuv o‘tkaziladigan zalga birinchi bo‘lib Putin kirgan, 2 daqiqa o‘tmasdan Erdo‘g‘an uning ortidan yo‘nalgan.

Muzokaraning ilk daqiqalari jurnalistlar guvohligida o‘tgan, rahbarlar qo‘l siqishgan holatda suratga tushishgan. Shundan keyin jurnalistlar xonani tark etishib, uchrashuv davom ettirilgan.

Muzokaralarda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning turkiyalik hamkasbi Mavlut Chavusho‘g‘li, shuningdek Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov hamda Erdo‘g‘an ma'muriyati bosh kotibi o‘rinbosari Ibrohim Kalin hozir bo‘lishgan.