TIVda Belarus delegatsiyasi bilan vazirliklararo maslahatlashuv bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Belarus vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashish uchun Toshkent shahriga Belarus Respublikasi TIV MDH mamlakatlari bilan ikki tomonlama munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Andrey Strachko boshchiligidagi delegatsiya keldi.
Ikki davlat ham rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan turli sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Belarus munosabatlarining dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tashqi siyosat idoralari vakillari joriy yilda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan siyosiy muloqotlar va biznes vakillarining uchrashuvlariga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida fikr almashishdi.
Uchrashuvda Belarus elchisi Nikolay Klakevich ishtirok etdi.