Sport | 07:40 / 10.08.2016
8211
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir jahon sporti yulduzi Olimpiada musobaqalaridan chiqib ketdi

Foto: Globallookpress

Jahonning ayollar o‘rtasida birinchi raqamli tennischisi va Londondagi Olimpiada chempioni Serena Uilyams Riodagi musobaqalardan chiqib ketdi. Nomdor sportchi tennis musobaqasining chorakfinaliga chiqa olmadi.

AQShlik sportchi nimchorak finalda ukrainalik Elina Svitolinaga imkoniyatni boy berdi. Jahon tennis reytingida 15-o‘rinni egallayotgan Svitolina Uilmsni 2 set natijasiga ko‘ra yutdi. Uchrashuv 6:4, 6:3 hisobi bilan yakunlandi.

Svitolina chorakfinalda 11-raqamli tennischi, chexiyalik Petra Kvitova bilan uchrashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish