Jamiyat | 10:11 / 10.08.2016
5457
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada mamlakatning eng badavlat kishilaridan biri vafot etdi

Buyuk Britaniyada milliarder, Vestminster gersogi Jyerald Kavendish Grosvenor vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Qayd etilishicha, 64 yoshli Grosvenor qirollik xonadonining yaqin do‘sti edi. Uning mamlakatdagi yirik yer egalari bilan munosabatlari ham qalin bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, gersog Angliya shimoli-sharqidagi Preston shaharchasida, qirollik shifoxonasida olamdan ko‘z yumgan.

2016 yilda The Sunday Times nashri Grosvenorning moliyaviy holatini 9,35 mlrd funt sterlingga (12 mlrd dollar) baholagandi.

Bukingem saroyi vakili qirolicha Yelizaveta II gersogning oilasiga ta'ziya bildirib maktub yozgani haqida ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish