Jahon | 00:56 / 10.08.2016
12194
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya munosabatlarining barbod bo‘lishida Gulenni aybladi

Foto: © RIA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni turk muxolif Fathulla Gulenning terrorchilik tashkiloti barbod qilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Erdo‘g‘an bu haqda Putin bilan birga Rossiya va Turkiya ishbilarmon doiralari bilan uchrashganida aytdi.

"Biz Fathulla Gulenning terrorchilik tashkiloti va uning ortida turgan kuchlar bizning munosabatlarimizga ham rahna solganinini yaxshiroq tushunmoqdamiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish