Sport | 07:36 / 10.08.2016
5562
1 daqiqa o‘qiladi

Gollandiyalik sportchi ichkilikbozlik qilgani uchun Olimpiadadan haydaldi

Foto: © EPA

Gollandiyalik gimnast Yuriy van Gelder musobaqalar qoidalarini buzgani uchun Riodagi Olimpiada medallari uchun kurashdan chetlatildi. Sportchi gimnastika bo‘yicha musobaqalar finaliga chiqqani munosabati bilan Olimpiya qishlog‘i hududini tark etib, butun tunni barlarda ichkilikbozlik qilib o‘tkazgan, deb yozmoqda Daily Mail.

Gollandiya terma jamoasi vakili rahbariyatda 33 yoshli sportchini musobaqalardan chetlatishdan o‘zga chora bo‘lmagani, chunki bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytgan. Van Gelder 2005 yilgi jahon chempioni va turli musobaqalar sovrindori bo‘lgani uni haydalishdan saqlab qololmadi. 

Van Gelder o‘zining bu harakati tufayli ijtimoiy tarmoqlarda  memlar qahramoniga aylanib ulgurdi. Unga "Ichkilikbozlik hukmdori" degan laqab berildi. 
Sportchi 2009 yilda ham Gollandiya gimnastika ittifoqidan kokain qabul qilgani uchun chetlatilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish