Jahon | 12:49 / 10.08.2016
13802
1 daqiqa o‘qiladi

Kun fotosi: Madeyra olov ichida

Portugaliyaning Madeyra orolida o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda. Hukumat yong‘in ichida qolgan hududdan 400 kishini evakuatsiya qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan suratlardan birida Funshal shahri ustini quyuq tutun qamraganini ko‘rish mumkin.

Mamlakat janubidagi issiq harorat tufayli daraxtlar yonib ketmoqda. Portugaliyaning materik qismida ham yong‘inlar yuz bermoqda. Yong‘inga qarshi kurashda 4 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar va FVV tarkibidagi 26 samolyot ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish