Texnologiya | 17:40 / 10.08.2016
5859
2 daqiqa o‘qiladi

Mazda «uchlik» va «oltilik» modellarini yangiladi

Yaponiyaning Mazda kompaniyasi Mazda3 va Mazda6 modellarining Shimoliy Amerika bozori uchun restayling qilingan namunalarini namoyish etdi. Ular, tashqi va ichki ko‘rinishlarida qator o‘zgarishlarga uchragan. G-Vectoring Control yordamchi tizimiga ega bo‘lgan. 

G-Vectoring Control tizimi rul chambaragi joylashuvi va tezlikni har besh millisoniyada nazorat qilib turadi va harakatlantiruvchi g‘ildiraklarga tushuvchi og‘irlik me'yorini saqlaydi. Bu esa, old o‘qqa tushadigan bosimni kamaytirmaydi va natijada burilish hamda qayrilib olish chog‘larida ishqalanish kuchini yaxshilaydi. 

«Mazda» kompaniyasiga ko‘ra, G-Vectoring Control sababli nafaqat modellar boshqaruvi yaxshilangan, balki harakatlanish qulayligi ham ortgan.

Mazda3ning bosh yoritqich va tumanga qarshi chiroqlari diodli faralarga almashtirilgan. Radiator qafasi o‘zgartirilgan. Disklari va orqa bamperi shakli ham boshqacha tus olgan.

Mazda3 va Mazda6larga ikkinchi avlod CX-9 krossoveriniki kabi rul chambaragi o‘rnatilgan. «Uchlik» elektron qo‘l tormoziga ega bo‘lgan, «oltilik»ning orqa o‘rindiqlarini esa isitish mumkin.

Ikkala model oldto‘qnashuvlardan ogohlantiruvchi takomillashtirilgan kameralarga ega bo‘lgan. Ular «katta tezliklarda avvalgisiga qaraganda yaxshiroq ishlaydi». Bundan tashqari, ikki modelning yo‘l belgilarini tanish funksiyasi yaxshilangan.

Hozircha, ularga qanday quvvatli motorlar o‘rnatilishi ma'lum emas. Ta'minlarga ko‘ra, AQShda «uchlik» benzinli 2,0 va 2,5 litr hajmli motorlar bilan sotiladi, «oltilik»ka faqat 2,5 litrli motorlar o‘rnatiladi.

Shu bilan birga, ushbu modellarning Yevropada qachon paydo bo‘lishiga ham oydinlik kiritilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish