Texnologiya | 13:32 / 10.08.2016
4953
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi noyob betonli suzuvchi pirs qayta ta'mirlanadi

Yaqin orada Manxettenning g‘arbiy tomonidagi Gudzon daryosida ulkan beton kessonlarda suzuvchi Kartinalar galereyasi, Google kompaniyasining idoralari va supermarket yaqin orada haqiqatga aylanishi mumkin. Nyu Yorkning diqqatga sazovor arxitektura inshootlaridan biri - pirs-57 qayta ta'mirlangach, buning imkoniyati paydo bo‘ladi. 

U 1957-yili noyob texnologiya asosida barpo etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘ta yirik hajmli beton polli konstruksiyalar, yarimcho‘kkan holatda suv yuzasiga joylangan. Ularning o‘lchami ham kishini hayratga soladi: uzunligi 108 metr, eni 38 metr va balandligi 10 metr. Betonli pirsni loyihalashtirgan muhandis Emil Prager dastlab, bu g‘oyani 1944-yili ittifoqchi qo‘shinlarning Normandiyaga tushishida qo‘llagan. 

Pirs uchun betonli kessonlar Nyu Yorkdan 60 km uzoqlikda Gudzon daryosi qirg‘og‘ida quyilgan. Ular tayyor bo‘lgach, har biri 27 ming tonna keladigan 3ta kesson atigi 13 soat ichida Manxettenning g‘arbiy sohiliga tortib kelingan. 

"Ushbu pirs haqiqatdan noyobdir, - deb yozadi The New York Times. – Mutaxassislarga ko‘ra, dunyoning boshqa biron joyida shunday inshoot barpo etilgani ma'lum emas. Shu boisdan u Milliy tarixiy diqqatga sazovor joylar ro‘yxatiga kiritilgan". 

Endilikda, pirs-57da ta'mirlash ishlari o‘tkaziladi. The New York Times gazetasining yozishicha, bir guruh developerlar uni 97 yilga ijaraga olishgan. Ular, ta'mirlash ishlariga 350 mln dollar sarflashni rejalashtirishgan. Pirsning o‘zida, Google kompaniyasining idorasi va oziq-ovqat supermarketi joylashadi, kessonlar ichida - avtoturargoh, omborxona va ehtimol Kartina galereyasi joylashishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish