Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadaning 4-kunida O‘zbekiston sportchilarining erishgan natijalari
Shahboz Xolmurzayev - Akademik eshkak eshish. Chorak finalda oltinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Uning natijasi oltin medallar uchun kurashishga yetmaydi.Endi yurtdoshimiz 13-24 pog‘onalar uchun kurashni davom ettirishi mumkin.
Doston Yoqubov – Og‘ir atletika. "V" guruhi. Dast ko‘tarishda dastlab 133 kg, keyin 137 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. 140 kilogramm vaznni ko‘tarishda vakilimiz omadsizlikka uchradi. Siltab ko‘tarish mashqi 172 kilogramm bilan boshlandi. Doston 176 kilogrammni ham o‘ziga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq 181 kilogramm toshni ko‘tara olmadi. 313 kilogramm natija bilan "V" guruhida oltinchi o‘rinda yakunladi.
Shahzod Sobirov – Dzyudo. Amerikalik Travis Stevensdan ippon bahosi bilan mag‘lub bo‘ldi.
Xurshid Tojiboyev - Britaniyalik Josef Kordinaga qarshi o‘tkazilgan ikkinchi jangida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Sportchi chorak finalga yo‘l oldi.