Jahon | 08:06 / 10.08.2016
8623
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti va Buyuk Britaniya bosh vaziri uchrashadigan bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey sentabrdagi G20 doirasida uchrashadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda manbalariga iqtibos keltirgan holda  Sky News telekanali.

"Katta yigirmatalik" sammiti Xitoyning Xanchjou shahrida 4-5 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Sammitning mavzusi "Innovatsion, sog‘lom, o‘zaro bog‘liq va inklyuziv jahon iqtisodiyotini qurish" deb nomlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish