Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada sodir etilgan portlashlarda 6 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning janubi-sharqida amalga oshirilgan ikkita portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.
4 kishi Diyorbakir shahri markazida minalashtirilgan avtomobilning portlashi oqibatida, yana 2 kishi Mardin viloyatidagi portlashda halok bo‘lgan. Turk OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala portlash ortida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari turgan.
Shu bilan birga portlashlar haqidagi ma'lumotlar bir-biridan farq qilmoqda. Avvalroq Mardinda gospital yonida sodir bo‘lgan portlashda 3 kishi halok bo‘lgani, 50 kishi jabrlangani ma'lum qilingandi. Shu bilan bir vaqtda mamlakatning janubi-sharqida politsiya mashinasi portlagani va buning oqibatida o‘ndan ko‘proq odam jarohatlangani ma'lum qilingan.