Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Mudofaa vazirligi: Rossiya Qrimga yadro quroli joylashtirishi mumkin
Rossiya FXX tomonidan Qrimda terakt amalga oshirishga urinishda ayblangan Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi shuni ma'lum qildiki, Qrimda yadro quroli joylashtirish uchun sharoitlar muhayyo qilingan. Bu haqda vazirlik saytida keltirilgan.
"Ayni vaqtda Qrim hududida yadro quroli yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar mavjud - aerodromlarda va Sevastopoldagi harbiy-dengiz bazasida. Bular jangovar kemalar va suvosti kemalari. Yadro zaryadlari esa Rossiya Federatsiyasi Janubiy harbiy okrugi hududida joylashgan", deydi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi vakili Vadim Skibitskiy.
U shuningdek, zarurat yuzaga kelsa, yadroviy zaryadlar yarim orol hududiga olib borilishi va qo‘llanishga tayyor bo‘lishini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq Rossiya xavfsizlik xizmati Qrimda Ukraina razvedkasi tayyorlagan teraktlarning oldi olinganini ma'lum qilgandi.