Jamiyat | 11:51 / 11.08.2016
13257
1 daqiqa o‘qiladi

Alyaskada 180 kilogrammli paltus balig‘i tutildi

Amerikalik baliqchilar Alyaskaning janubi-sharqida 180 kilogrammli paltus balig‘ini tutishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Baliqning uzunligi 240 sm.ni tashkil qilmoqda.

Brayan Mettson va Dag Korl paltusni Day Spring kemasi bortiga chig‘ir yordamida ko‘tarishdi. Mettsonning so‘zlariga ko‘ra, baliqning “oxiri ko‘rinmagan”, shunda ular paltusning kattaligini anglashgan.

Baliqchilar paltusni Petersburg Fisheries Inc. baliqchilik kompaniyasiga yetkazishgan. Uni tomosha qilish uchun olamon yig‘ilgan.

Baliqning og‘irligi rekord darajaga yetmagan. Chunki 1996 yilda Alyaskaning o‘zida 210 kilogrammli paltus tutishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish