Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonlik og‘ir atletikachi Olimpiadada og‘ir jarohat oldi
Armanistonlik og‘ir atletikachi Andranik Karapetyan Rio Olimpiadasidagi musobaqalar vaqtida og‘ir jarohat oldi va medal uchun kurashdan chiqib ketdi. Sportchi shtangani tushirayotganda uning tirsak bo‘g‘imi orqa tomonga qayrilib ketdi.
20 yoshli sportchi 195 kg ni shtangani ko‘tarib, uni tushirayotganda tomoshabinlar qo‘rqinchli qarsillagan ovozni eshitishgan, sportchining ko‘zidan esa og‘riqdan yoshlar chiqib ketgan. Hattoki uning murabbiyi ham o‘z shogirdining qayrilib ketgan qo‘lini ko‘rib qo‘rqib ketgan.
Hozir sportchi murakkab tekshiruvdan o‘tishi kerak. Shifokorlar jarohatning xarakterini o‘rganib, tashxis qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, hozircha armanistonlik sportchi o‘z sport faoliyatini davom ettira olishi haqida biror narsa aytish qiyin.




