Sport | 16:27 / 11.08.2016
11520
1 daqiqa o‘qiladi

G‘oibnazarov g‘alabasini Olimpiada vaqtida tug‘ilgan farzandiga bag‘ishladi

Foto: Olympic.uz

64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston vakili Fazliddin G‘oipnazarov birinchi bosqichdagi raqibi kongolik Dival Forele Malonga Dzalamouni yengib keyingi bosqichga o‘tdi.

Ma'lum bo‘lishicha mazkur uchrashuv arafasida Fazliddin qiz farzandli bo‘lgan va ushbu xushxabarni to jangda g‘alaba qozonmaguncha hech kimga aytmaslik lozimligini jamoadoshlariga tayinlagan ekan. 

Referi uning g‘alabasi haqida e'lon qilgach, u o‘zini qo‘llab-quvvatlab turganlar joylashgan tribunaga yuzlangan va xushxabar haqida ma'lum qilgan. U g‘alabasini dunyoga kelgan farzandiga bag‘ishlagan.

Gap nimada ekanligi ma'lum bo‘lgach, bir muddat avval Fazliddinni g‘alaba bilan qutlagan o‘zbekistonliklar delegatsiyasi a'zolari, endi uni farzandlik bo‘lgani bilan muborakbod eta boshladi.

Nim chorak final jangini Fazliddin G‘oipnazarov 14 avgust kuni o‘tkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish