Texnologiya | 17:38 / 11.08.2016
6409
1 daqiqa o‘qiladi

Honda yangi sportkari uchun nom tanladi

Yaponiyaning Honda kompaniyasi o‘zining yangi modeli uchun nom tanladi. Dunyoning mashhur avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri Yevropa va AQShda ZSX qisqartma otini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Auto Guide jurnalining taxmin qilishicha, har holda kompaniya o‘rta hajmli motorga ega yangi avlod sportkarini shunday nomlaydi. U, avtomobil ishlab chiqaruvchisi mahsulotlari qatorida NSX superkaridan keyingi o‘rinni egallashi mumkin.

Garchi, «Honda»ning yangi mashinasiga gibrid motor o‘rnatilishi mumkinligi aytilayotgan bo‘lsa-da, bu haqda aniq tafsilotlar mavjud emas. 

Bundan tashqari, ZSX nomi Honda kompaniyasining avtomobilsozlik bo‘limiga umuman aloqasi bo‘lmasligi mumkinligi ham aytilmoqda. Balki, kompaniyaning yangi mototsikli shunday nomlanar. 

Bundan avval, Honda zavodining superkarlari qatorini S2000 modelining yangi vorisi egallashi oshkor bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish