Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Sog‘liqni saqlash vaziri tug‘ruqxonadagi fojiadan keyin iste'foga chiqdi
Iroq Sog‘liqni saqlash vaziri Odil Hamud Bag‘doddagi fojiadan keyin iste'foga chiqdi. Bu haqda Dijlah telekanalida ma'lum qilingan.
Seshanba kuni mamlakat poytaxtidagi Yarmuq nomli shifoxonaning tug‘ruqlar bo‘limida ro‘y bergan portlash oqibatida yong‘in chiqqach, 11 nafar chaqaloq halok bo‘lgandi. Yong‘inga sabab qisqa tutashuv bo‘lgan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Vazirning o‘zi bundan oldinroq fojia ro‘y bergan shifoxona rahbarini ishdan olgandi va Bag‘dod shahri ma'muriyatidan shahar sog‘liqni saqlash departamenti rahbarini ishdan bo‘shatishga chaqirgandi.