Jahon | 18:14 / 11.08.2016
3826
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Air India uchuvchisi alkogol testidan o‘ta olmadi

Foto: © Flickr

Hindistonning Air India aviakompaniyasi uchuvchisi Sharja-Kalkutta xalqaro parvozi oldidan alkogol testdan o‘ta olmadi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar bermoqda.

Uchuvchi avval ham mana shu testdan o‘ta olmagani oydinlashgan. Ammo o‘shanda faqatgina taftish bo‘lgan.

"Uchuvchi Kalkuttada parvoz oldi o‘tkaziladigan tesdan o‘ta olmadi. Ekipaj a'zolarining qolganlari yaxshi", — deyiladi manbada.

Aviakompaniya vakilining ma'lum qilishicha, uchuvchi ishdan chetlatilgan, voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish