Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadada suzuvchilarni suv tubidan suratga olish robotga ishonib topshirildi
Har qanday xalqaro sport tadbirida musobaqalar nafaqat sportchilar orasida, balki bu tadbirni matbuotda yorituvchi axborot agentliklari orasida ham boradi. Musobaqalardan berilayotgan reportajlar qanchalik qiziqarlik bo‘lishi ko‘plab omillarga: fotosuratchi va operatorning mahoratidan tortib yuqori sifatli texnikagacha bog‘liq. Joriy yilda Braziliyada o‘tayotgan Olimpiadada Getty agentligi olimpiya suv havzalari tubidan suratga olishni olib boradigan maxsus robotlarni qo‘llashga qaror qildi.
Ushbu texnika professional fotosuratchilarning o‘rnini egallashga mutlaq qaratilmagan. Bu faqatgina juda texnologik asbob bo‘lib, muxbirlarning ishini yengillashtirish hamda materialni qiziqroq va boshqa sharhlovchilarnikiga o‘xshamaydigan qilish uchun mo‘ljallangan.
Suv havzasi tubida ichida kameralar o‘rnatilgan bir nechta robotlashtirilgan mexanizmlar o‘rnatilgan. Olinayotgan surat real vaqtda robot bilan sinxronlashtirilgan fotosuratchi qurilmasi displeyida aks ettiriladi, bu esa robotning holati, kamera egilishini masofadan turib boshqarishga, turli sozlamalarga tuzatishlar kiritish, masshtabni o‘zgartirishga imkon beradi. Aynan shunday tizim raqibini soniyaning yuzdan bir ulushi farqi bilan yutgan amerikalik suzuvchi Maykl Felpsning marraga yetib kelishini suratga olishga imkon berdi.






