O‘zLiDeP keng qamrovli yoshlar forumini tashkil etdi
2016 yilning 10 avgust kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” ezgu g‘oyasi ostida Yosh tadbirkorlar va fermerlar forumibo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va deputatlik korpusi a'zolari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, respublikaning turli xududlaridan kelgan 200dan ortiq yosh tadbirkorlar va fermerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zLiDeP Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum O‘zbekistonda mustaqillik yillarida kichik biznes va fermerlik harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijalarini va bu islohotlarning yaqqol samarasi sifatida mamlakatda yosh mulkdorlar qatlami – yosh tadbirkorlar va yosh fermerlarning avlodi shakllanganligini targ‘ib qilish va yosh tadbirkorlar va fermerlar uchun muloqot maydonini yaratish maqsadida tashkil etildi.
Bugun yurtimizda 88061 nafar yosh tadbirkor va minglab yosh fermerlar faoliyat yuritmoqda. Forumdoirasida o‘tkazilgan tadbirlarda yoshlarga oid davlat siyosati maqsadlarini hayotga tatbiq etib borish, bunda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, yosh tadbirkorlar va fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarinikengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Biznesda muvaffaqiyatga erishish omillari” nomli mahorat darslarida ilg‘or tadbirkorlar va fermerlar tomonidan ishtirokchilarga mahorat saboqlari berildi.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston yosh tadbirkorlar va fermerlari erishayotgan yutuqlar aks etgan fotoko‘rgazma va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar namoyishi tashkil etildi.