Jahon | 09:21 / 11.08.2016
4564
1 daqiqa o‘qiladi

Puerto-Rikoda jinoyatchilar shokolad olib ketayotgan yuk mashinasini olib qochishdi

Puerto-Rikoda noma'lum jinoyatchilar Hershey's qandolatchilik kompaniyasi mahsulotini olib ketayotgan refrijyeratorli yuk mashinasini o‘g‘rilab ketishdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Niqoblarda bo‘lgan uch kishi 80 ming dollarlik mahsulot olib ketayotgan 17 metrlik yuk mashinasini yengil mashinada taqib qilib, mashina haydovchisiga hujum qilib, mashinani  olib qochishgan.

O‘g‘rilik Bayamon shahrida yuz bergan. Ayni vaqtda o‘g‘rilardan birortasi qo‘lga olinmagan

O‘g‘rilar bunday katta miqdordagi shokoladni qanday sotishi sirligicha qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish