Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Ravon Nexia sedani narxi sotuvlar boshlanishidan oldin qimmatlashdi
Ravon kompaniyasi Nexia sedani narxlarini sotuvlar boshlanishidan oldin oshirdi. Bu haqda Wroom.ru portali xabar bergan.
Portal ma'lumotiga ko‘ra, avtomobil 40 ming rublga qimmatlashgan. Endilikda Comfort komplektatsiyali (bir dona xavfsizlik yostig‘i, barqarorlashtirish tizimi, magnitola va rul gidrokuchaytirgichi mavjud) model narxi avvalgi 379 ming rubl o‘rniga 419 ming rublni tashkil etadi.
Optimum versiyasi (konditsioner, old elektr oynako‘targichlar, elektr oynalar, markaziy qulf mavjud) 479 ming rublga, Elegance versiyasi (ikkinchi xavfsizlik yostig‘i, orqa elektr oynako‘targichlar, yengil qotishmali g‘ildirak disklari mavjud) mexanik uzatmalar qutisiga ega varianti 529 ming rubl va avtomat uzatmalar qutisiga ega varianti 569 ming rublga baholanmoqda.
Ravon Nexia R3 sedani nomi o‘zgartirilgan birinchi avloddagi Chevrolet Aveo modeli hisoblanadi. Sotuv yaqin vaqt ichida boshlanishi aytilgan. Aniq vaqt keltirilmagan.