Jahon | 15:17 / 11.08.2016
4032
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya Assanjni Ekvadorning Londondagi elchixonasida so‘roq qilish uchun ruxsat oldi

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjni Ekvadorning Londondagi elchixonasida (u 4 yildan buyon shu yerda istiqomat qilmoqda) so‘roq qilinadi.

The Guardian xabariga ko‘ra, Ekvador prokuraturasi Shvetsiya tomonining so‘roq o‘tkazishiga ruxsat berdi.

Ekvador tomonining qayd etishicha, yaqin haftalarda Assanj bilan so‘roq o‘tkazish kuni kelishib olinadi.

Avstraliya fuqarosi hisoblangan Julian Assanj Shvetsiya tomonidan jinsiy tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda. Sud Assanjni 2011 yil dekabrida sirtdan hibsga olgan. WikiLeaks asoschisi 2012 yil iyunidan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududida yashirinib turibdi.

Assanjning o‘zi unga nisbatan ilgari surilgan ayblovni tan olayotgani yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Shvetsiya uni hibsga olsa, darhol AQShga topshiradi, AQSh esa Assanjni turli hukumat idoralari va xizmatlarining maxfiy hujjatlarini omma e'tiboriga havola qilib yuborgani uchun ta'qib qilmoqda.

May oyida Shvetsiya oliy sudi WikiLeaks asoschisini hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilmagani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish