Sport | 11:39 / 12.08.2016
11200
1 daqiqa o‘qiladi

Felps miloddan avvalgi davrga oid rekordni yangiladi

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining 200 metrga kompleks usulda suzish bahslarida o‘zining navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi va Qadimgi Yunon davridagi Leonid Rodosskiyning rekordini yangiladi.

Rodosskiyninng rekordi miloddan avvalgi 164-152 yillar oralig‘ida o‘rnatilgan, u 4 Olimpiada davomida 12 marta g‘olib bo‘lgandi. Bugun Felps individiual bahslarda 13-marta g‘olib chiqdi va Rodosskiydan o‘zib ketdi.

Maykl Felps 22 karra (shulardan 13 tasi yakkalik bahslarida) Olimpiada chempioni bo‘ldi. Rio–2016 o‘yinlarida amerikalik suzuvchi to‘rtinchi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish