Iqtisodiyot | 18:18 / 12.08.2016
6114
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha «Gazprom»ni e'tiborga noloyiq deb atadi

Foto: RIA Novosti

Polshaning PGNiG davlat kompaniyasi Rossiyadan ikki yil muddatga gaz olish uning uchun yoqimsiz bo‘lishini bildirib o‘tdi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Boguslav Majyets ma'lum qilgan.

Polshaning gazga bo‘lgan ehtiyoji Norvegiyadan keltiriladigan suyultirilgan tabiiy gaz hisobiga qoplanadi. Norvegiyadan Polshaga keltiriladigan Baltic Pipe gaz quvuri masalasining muhokamasi boshlab yuborilgan.

PGNIG hisobotiga ko‘ra, «Gazprom» Polshaga birinchi yarim yillikda deyarli 5,3 mlrd kubometrov gaz yetkazib bergan. Bu o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga ko‘p deganidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish