Sport | 21:39 / 12.08.2016
6217
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeparov, Kapadze hamda Bugalo «S» toifadagi murabbiylik litsenziya uchun o‘qishmoqda

Bugun, 12 avgust kuni Toshkentda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi hamkorligida «S» toifali murabbiylik litsenziyasi uchun o‘quv-seminar kurslari boshlandi. Bu haqda O‘FF rasmiy sayti xabar beradi. 

O‘quv-kurslarida jami 24 nafar murabbiylikka nomzodlar ishtirok etmoqda. E'tiborlisi, ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hamda amaldagi a'zolari – 44 o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Pavel Bugalo, Temur Kapadze va Server Jyeparovlar ham bor.

Ushbu o‘quv kursi 25 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekistonlik OFK instruktori Islom Ahmedov tomonidan olib borilmoqda. Koordinator – O‘FF texnik bo‘limi boshlig‘i Shavkat Imomov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish