Sport | 18:28 / 13.08.2016
6369
2 daqiqa o‘qiladi

APL, 1-tur. Amaldagi chempion «Lester» mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

Angliya premer-ligasining birinchi turidagi birinchi uchrashuv o‘tgan mavsum chempioni «Lester» hamda mavsum debyutanti bo‘lmish «Hall Siti» o‘rtasida kechdi.

Raneri shogirdlari safarda kechgan bu uchrashuvda 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi va yangi mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi.

«Lester» tanaffus arafasida gol o‘tkazib yubordi. Adam Diomande chalqancha holatda urgan goli bilan «Hall Siti»ni tanaffusga g‘olib jamoa sifatida olib chiqdi — 1:0.

Klaudio Raneri shogirdlari ikkinchi bo‘lim boshidayoq hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi va uni Mahrez aniq amalga oshirdi — 1:1.

10 daqiqa o‘tib Robert Snodgrass fantastik zarbasi bilan «Hall»ni yana olg‘a boshladi — 2:1.

«Lester» o‘yinning qolgan qismida vaziyatni o‘zgartira olmadi.

Xall – Lester 2:1
Gollar: 1:0 – 45 Diomande, 1:1 – 47, penalti Marez, 2:1 – 57 Snodgrass.
Xall – Yakupovich, Xaddlstoun, Robertson, Devis, Snodgrass, Al-Muxammadi, Klukas, Meyler, Livermor, Diomande, Ernandes.
Lester – Shmeyxel, Simpson (Uloa, 83), Morgan, Fuks, Ernandes, Drinkuoter, King (Amarti, 68), Grey (Okadzaki, 68), Marez, Vardi, Musa.
Ogohlantirishlar: Fuks (29), Simpson (33), Devis (71), Klukas (83).

Angliya Premer-ligasi 1-turidan o‘rin qolgan o‘yinlarning oltitasi bugun, 13 avgust kuni, ikkitasi 14 avgust, so‘nggisi esa 15 avgust kuni o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish