Jahon | 13:41 / 13.08.2016
15248
1 daqiqa o‘qiladi

Asalarilar Amerikaning qiruvchi samolyotini vaqtincha yerga “mixladi”

© AP Photo

AQShning Virjiniya shtati Lengli-Yustis aviabazasida asalarilar galasi noyob voqea kuzatildi. Gap shundaki, hasharotlar beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotini egallab olishgan va vaqtinchalik bo‘lsin uni parvozdan to‘xtatib qolgan, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Garchi hodisa ikki oy muqaddam, iyun oyi o‘rtalarida yuz bergan bo‘lsa-da, bu haqda endi oshkor qilinmoqda. 

Texniklar samolyotni uchishga tayyorlash uchun kelganlarida, F-22 dvigatelining poynagida asalarilar galasiga duch kelishgan. 

Entomologlar bilan maslahatlashgan harbiy xizmatchilar hashoratlarni yo‘q qilmaslikka qaror qilib, mahalliy asalarichini yordamga chaqirgan. U esa, vakuumli shlang bilan asalarilarni qutiga joylab olgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, 20 mingga yaqin hashoratdan iborat to‘daning vazni 4 kg kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish