Jahon | 19:03 / 13.08.2016
10714
1 daqiqa o‘qiladi

Der Spiegel: AQSh Germaniyada yangi atom bombalarini joylashtiradi

AQSh Germaniyada joylashtirilgan atom qurollarini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda, deb yozgan Der Spiegel nashri. Unda chop etilgan maqolaning qisqartirilgan shaklini Handelsblatt keltirmoqda. 

2020-yilga kelib Qo‘shma shtatlar B61−12 rusumli atom bombalarining yangi namunalarini seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ular NATOning Yevropadagi bazalari, xususan Germaniyaning Byuxel aviabazasida joylashtiriladi. Hozirda u yerda 10tadan 20tagacha yadro kallagi mavjud. 

Ular Tornado qiruvchi bombardimonchi samolyotlariga joylanishi mumkin. 2010-yili bundestag AQSh bilan Amerika yadro qurollarini Germaniyadan olib chiqish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma'qullagan edi.  Biroq, mamlakat hukumati NATOdagi hamkorlari bilan kelishmasdan turib, bir tomonlama harakat qilmaslik borasida qaror qabul qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish