Jahon | 08:23 / 13.08.2016
6187
2 daqiqa o‘qiladi

Kubada Fidel Kastroning tavallud kuniga antiqa sovg‘a tayyorlandi

Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning 90 yoshlik tavallud ayomi munosabati bilan dunyodagi eng uzun sigara tayyorlandi. Sigaraning uzunligi 90 metrni tashkil qiladi va undagi har bir metr komandante hayotining har bir yilini ifodalaydi. Kubaliklarning bu tashabbusi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.  

Sigarani mahalliy tamaki kompaniyasi ishchilari tayyorlashdi. Uni yaratish ustida ular 10 kun davomida 12 soat tinmay ishlashdi. Rekord sigara nafaqat noodatiy uzunlikka ega, balki u odatdagi sigaradan bir necha santimetr yo‘g‘onroq.

Tamaki ishlab chiqaruvchilar shu sovg‘alari bilan Kastroga o‘z hurmatlarini ifodalomoqchi bo‘ldilar. Kastro ko‘p yillar sigara chekib yurgan va shifokorlar taqiqlovidan keyin uni chekishni tashlagan. Kastroning o‘zi ham Ginness rekordlar kitobidan joy olgan: komandante hayotiga 638 ta suiqasddan omon qolgan.

Fidel Kastro 1926 yil 13 avgustda tavallud topgan. Kubani 1959 yildan 2011 yilgacha boshqargan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish