Sport | 12:01 / 13.08.2016
13865
5 daqiqa o‘qiladi

Rioda Olimpiada o‘yinlari davom etmoqda, 12-avgust kungi musobaqalar natijalari

Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan katta sport bayrami Olimpiadaning yettinchi kuni ham poyoniga yetdi. 12-avgust Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarining yetakchisi AQSh milliy terma jamoasi uchun sermahsul kunlaridan biri bo‘ldi. U turnirdagi oltin medallari sonini 4taga ko‘paytirib, ularning sonini jami yigirmataga yetkazdi. Uning umumiy hisobida 20ta oltin, 13ta kumush va 17ta bronza medal bo‘lib, jami 50ta sovrinni qo‘lga kiritgan. 

Xitoy 13-10-14 natija bilan ikkinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin uchun kurash g‘oyat shiddatli kechmoqda. Bu safar Buyuk Britaniya Yaponiyani chetga surib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi: 7-9-6. Rossiya esa hamon yettinchi o‘rinda. 

Kunning asosiy voqeasi sifatida singapurlik suzuvchi Jozef Skuling 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha Olimpiada-2016ning oltin medaliga sazovor bo‘lganini qayd etish mumkin. Jozef final bosqichida 50.39 soniya natija ko‘rsatib, barcha raqiblari, xususan Olimpiyaning 22 karra chempioni amerikalik Maykl Felpsni ortda qoldirishning uddasidan chiqa oldi. Shu bilan u yangi Olimpiya rekordini ham o‘rnatdi. 

Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk marotaba birdaniga uch sportchi: amerikalik Maykl Felps, janubiy afrikalik Chad le Klo va Vengriya vakili Laslo Chex (barchasi - 51.14 soniya) ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. 

Rossiyalik soprtchilar o‘zlari kurash olib borgan sport turlari bo‘yicha bittadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Rossiya qilichbozlari terma jamoasi (Aleksey Cheremisinov, Artur Axmatxuzin i Timur Safin) jamoa bahslarida Fransiya termasini mag‘lub etib, Rio-2016 bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Ispaniyalik tennischilar Rafael Nadal va Mark Lopes Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlaridan o‘rin olgan katta tennisning juftlik bahslari finalida g‘alaba qozondi. Ular, ruminiyaliklar Florin Mergya va Xorya Tetseular juftligini 6:2, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lub etishdi.

Quyida Olimpiya o‘yinlarining yettinchi kunida bo‘lib o‘tgan musobaqalarning boshqa natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin. 

Yengil atletika. Ayollar. Yadro uloqtirish

1. Mishel Karter (AQSh) — 20,63.
2. Valeri Adams (Yangi Zelandiya) — 20,42.
3. Anita Marton (Vengriya) — 19,87.

Suzish. Ayollar. 800 metrga erkin uslubda suzish 

1. Keti Ledeki (AQSh) — 8.04,79 soniya bilan jahon rekordini ham yangiladi 
2. Jazmin Karlin (Buyuk Britaniya) - 8.16,17
3. Boglarka Kapash (Vengriya) – 8.16,37.

Suzish. Erkaklar. 50 metrga erkin uslubda suzish

1. Entoni Ervin (AQSh) — 21,40 
2. Floran Manadu (Fransiya) – 21,41
3. Natan Edrian (AQSh) – 21,49

Suzish. Ayollar. 200 metrga chalqancha suzish

1. Madli Dirado (AQSh) — 2.05,99 
2. Katinka Xossu (Vengriya) – 2.06,05
3. Hilari Kolduell (Kanada) – 2.07,54

Velotrek. Erkaklar. Jamoaviy ta'qib qilish

1. Buyuk Britaniya – 3.50,365 (jahon rekordi). 
2. Avstraliya – 3.51,008. 
3. Daniya – 3.53,789.

Dzyudo. Erkaklar. 100 kg+

1. Teddi Riner (Fransiya)
2. Xisayosi Xarasava (Yaponiya)
3. Rafael Silva (Braziliya) va Or Sasson (Isroil).

Og‘ir atletika. Ayollar. -75 kg

1. Rim Yong-Sim (KNDR) — 274 (121+153). 
2. Darya Naumova (Belarus) — 258 (116+142). 
3. Lidia Valentin Peres (Ispaniya) — 257 (116+141).

Kamondan o‘q uzish. Erkaklar. Yakkalik bahslar

1. Ku Pon Chan (Janubiy Koreya). 
2. Jan-Sharl Valladon (Fransiya). 
3. Breydi Ellison (AQSh).

Yengil atletika. Erkaklar. 20 kmga sport usulida yurish

1. Chjyen Van (Xitoy) — 1:19.14. 
2. Tszelin Tsay (Xitoy) — 1:19.26. 
3. Deyn Byord-Smit (Avstraliya) — 1:19.37.

Og‘ir atletika. Erkaklar. -85 kg

1. Kianush Rustamiy (Eron) — 396 (179+217) o‘z jahon rekordini yangiladi 
2. Tyan Tao (Xitoy) — 395 (178 + 217) 
3. Gabriel Sinkrayan (Ruminiya) — 390 kg; (173 + 217) 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish