Jahon | 22:38 / 13.08.2016
5011
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada erkak poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Foto: © AFP

Shveytsariyada pichoq va to‘pponcha bilan qurollangan erkak poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi. Bu haqda 13 avgustda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.   

Jinoyatchi shuningdek odamlar ustiga qaynoq yonuvchi suyuqlik quygan va poyezdni yoqib yubormoqchi bo‘lgan. Suyuqlik yonib ketgan.  

Hujum oqibatida 6 kishi o‘qotar va pichoqdan olingan hamda kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ular orasida 6 yoshli bola ham bor. 

Voqea Lixtenshteyn bilan chegaradagi Salez stansiyasi yaqinida yuz bergan. Erkakni jinoyatga undagan sabablar noma'lumligicha qolmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hujumni Shveytsariyaning 27 yoshli fuqarosi sodir etgan. Hozircha uning nomi aytilmayapti. Voqea joyiga politsiya kuchlari tortilgan. Jinoyatchining o‘zi ham shifoxonaga yetkazilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish