Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Fidel Kastroni yubileyi bilan qutladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kuba davlat, siyosat va jamoat arbobi Fidel Kastroni 90 yoshlik yubileyi bilan tabriklab, Rossiya va Kuba o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. Rasmiy Kreml saytida shu haqda ma'lum qilinmoqda.
Putinning qayd etishicha, Kuba yetakchisini Rossiyada "butun umrini Kuba xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlagan yirik davlat arbobi" sifatida hurmat qilishadi.
Rossiya davlat rahbari Kastroga sog‘liq, uzoq umr, ruhiy tetiklik va farovonlik tilagan.