Jahon | 16:31 / 13.08.2016
6688
2 daqiqa o‘qiladi

Jozef Bayden Turkiyaga tashrif buyuradi

Foto: EPA

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qilgan.

"15-iyuldan keyin AQShning qarashi o‘zgardi va ular quruq so‘zdan amalga qilishga o‘tishdi. Bizga vitse-prezident Bayden keladi", - deya hukumat rahbari so‘zlarini keltiradi Dogan agentligi. Yildirim safar muddatiga oydinlik kiritmagan. 

Rasmiy Anqaraning fikricha, 1999-yildan beri AQShda istiqomat qilib kelayotgan muxolifatchi Fathulloh Gulen va uning tashkiloti o‘tgan oy o‘rtasida amalga oshirilgan harbiy isyon uchun javobgardir va davlat hokimiyati hamda biznesida ko‘plab tarafdorlariga egadir. Shu munosabat bilan rasmiy hukumat o‘z safida tozalash ishlarini olib bormoqda.

"Gulen tashkilotiga aloqasi yo‘qlarni ajratish mushkul vazifa. Biz bu borada xato qilmaslikka harakat qilyapmiz. Tashkilotning o‘z aloqa vositalari bo‘lib, uning 50 mingga yaqin a'zosi bor", - degan Yildirim. 

Bosh vazirning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda, Turkiyada "76,5 davlat xizmatchisi ishdan bo‘shatilgan, 4,8 ming mulozim va 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi vazifasidan ozod etilgan".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish