Jamiyat | 21:21 / 14.08.2016
6825
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada kabutar baykerning o‘limiga sabab bo‘ldi

Buyuk Britaniyada bayker mototsiklda ketayotganda unga kabutar urilgandan keyin u mototsikldan yiqilib tushgan, deb xabar bermoqda The Sun.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bayker voqea joyida halok bo‘lgan. 

Kabutar va baykerning to‘qnashuvi 14 avgustda Surrey grafligidagi Godstoun aholi punkti yaqinida ertalabki soat 7 larda yuz bergan.

Baykerning do‘stlari pastlab uchayotgan qush baykerga qattiq kelib urilganini tasdiqlashgan. Oqibatda bayker mototsikldan yiqilib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish